21:15 / 16.11.2017
20479

Emeri Neymarning «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarga izoh berdi

Foto: Football Shock

PSJ klubining bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Neymarning «Real»ga o‘tib ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Yana bir bor ta'kidlayman - Neymar bu yerda muvaffaqiyat qozonadi va baxtiyor bo‘ladi. Uning nima deyayotganini va bu mish-mishlar qayerdan chiqayotganini bilmayman. 
Biz hammamiz Neymarning o‘yinidan hayratdamiz. U bu yerda qoladi va g‘alabalarga erishadi» - deb mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda FootMercato.

Top