12:25 / 16.11.2017
15718

General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi

Foto: KUN.UZ/Arxiv

Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Ozarboyjonga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida O‘zbekiston mudofaa vazirining Ozarboyjon Mudofaa vazirligida qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlar harbiy, harbiy-texnik, harbiy-ta'lim va boshqa sohalarga tegishli bo‘lishi aytildi.

Top