15:35 / 16.11.2017
8903

Kobulda portlash yuz berdi

Foto: Pajhwok Afghan News

Kobuldagi restoranlardan birining yonida portlash yuz berdi, kamida besh kishi halok bo‘ldi, ular orasida politsiyachilar ham bor, deb xabar qilmoqda Tolo News telekanali.

Portlovchi qurilma Xayr-Xona tumanidagi «Afg‘oniston islom jamiyati» partiyasi a'zolari yig‘ilgan restoran yonida yuz berdi. Partiya a'zolari orasida esa mamlakat sobiq vitse-prezidenti Ziyo Massud ham bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, voqea yuz bergan joyga tez tibbiy yordam xizmati mashinalari yetib keldi.

Top