20:20 / 16.11.2017
16943

«Nasaf» va «Paxtakor» uchrashuviga nomi chiqmagan hakam tayinlangani sababi ma'lum bo‘ldi

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston chempionatining 29-turidan o‘rin olgan «Nasaf» va «Paxtakor» jamoalari uchrashuviga Zokirjon Qodirov tayinlagani ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. PFL direktori Omonjon G‘ofurov bu vaziyatga izoh berdi.

«O‘yinlarga hakamlar tayinlanganda ko‘p e'tirozlar bo‘ladi. Misol uchun Toshkent jamoalariga qarshi uchrashuvda nega toshkentlik hakamlar tayinlandi deb e'tiroz bo‘ladi. Shu sababdan ham  «Nasaf» va «Paxtakor» markaziy uchrashuv ekani inobatga olinib, toshkentlik ham, qarshilik ham bo‘lmagan, Navoiydan hakam tayinlandi.

Qodirov ham oliy toifadagi hakam. Ermatovning boshqa o‘yinga tayinlangani sababi esa, uning uchrashuvida sinov tariqasida besh nafar hakamlik sinovdan o‘tkazilyapti. Bu uchrashuv yozuvi FIFAga yuboriladi. Bunday markaziy uchrashuvda esa sinov qo‘llanilmadi», deya gapirib o‘tgan G‘ofurov «Sport» telekanali jonli efirida.

Top