23:26 / 16.11.2017
6449

Pentagon Suriya va Iroqdagi amerikalik harbiylar soni bo‘yicha ma'lumot berdi 

Foto: Getty Images

Suriyadagi amerikalik harbiylar 500 nafardan oshdi, deb ma'lum qildi jurnalistlarga AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi apparati direktori, general-leytenant Kennet Makkenzi.  

“Afg‘onistonda bizda taxminan 14 ming askar bor, Suriyada taxminan 503 harbiy, Iroqda esa 5262 harbiy operatsiyalar olib bormoqdalar”, deb aytgan general Pentagondagi brifingda.

Avvalroq Pentagon Suriyada AQSh tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi mahalliy kuchlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazuvchi bir necha yuz amerikalik harbiy borligini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, bu harbiylar terrorchilarga qarshi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etmaydilar.

Amerikalik harbiylar Suriyada ushbu mamlakat rahbariyatining ruxsatisiz harakat qilmoqdalar.

Top