18:18 / 16.11.2017
16181

Rossiya Ukrainaning qarzini boshqa davlatga sotib yuborishi mumkin

Foto: Global Look Press

Rossiya Moliya vazirligi rahbarining o‘rinbosari Sergey Storchakning ma'lum qilishicha, Rossiyadan Ukrainaning 3 mlrd. dollarlik qarzini boshqa davlat sotib olishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Nazariy jihatdan olib qaraganda, bu ham pullar, ham boshqa suverenning qimmatbaho qog‘ozlari bo‘lishi mumkin. U Ukraina bilan o‘zining alohida munosabatlari tufayli bu davlat bo‘yicha talablarni o‘z bo‘yniga olishi, hamda ushbu muammoli masalaga yechim topish bo‘yicha olg‘a siljishga imkon berishi mumkin. Baribir, 3 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ni qaytarish bilan bog‘liq yuk istalgan byudjyetga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi», - deya aytib o‘tdi Storchak.

Shuningdek uning eslatishicha, Rossiya qarz masalasini suddan tashqari usulda hal qilish imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyorligini bir necha bor bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshgani xabar berilgandi.

Top