19:24 / 16.11.2017
4178

Singapur KXDR bilan savdo qilishga taqiq qo‘ydi

Foto: AFP

Singapur hukumati Shimoliy Koreya bilan savdo munosabatlarini to‘xtatdi. Bu BMTning Pxenyanga nisbatan sanksiyalari kuchaytirilgani tufayli yuz berdi, deb xabar qilmoqda Channel News Asia bojxona xizmatining tegishli hujjatiga tayangan holda.

«Singapur Shimoliy Koreya bilan barcha savdo munosabatlarni taqiqlaydi. Bu ham mahsulotni xarid qilish, ham sotishga taalluqli», - deya hujjat matnidan parcha keltiradi telekanal.

Ta'kidlanishicha, KXDR bilan savdoga qo‘yilgan taqiqning takroriy buzilishi 200 ming dollarlik jarima yoki uch yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Avvalroq Yaponiya, AQSh va Avstraliya KXDR bo‘yicha kelishib olgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top