20:10 / 16.11.2017
8598

O‘zbekistondan Ukrainaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish 2 barobarga oshdi

Foto: dpchas.com.ua

O‘zbekistondan Ukrainaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish 2 barobarga oshgan. Bunga har yili Toshkentda o‘tkaziladigan meva-sabzavot yarmarkasida Ukrainadagi savdo tarmoqlarining bir qator vakillari ishtirok etgani, shuningdek, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilayotgan ishbilarmonlik uchrashuvlari sabab bo‘lmoqda, deb yozadi «Jahon» axborot agentligi.

Chunonchi, yaqinda o‘tkazilgan muzokaralar natijasi o‘laroq O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlarini Silpo, LeSilpo va «ATB» supermarketlari tarmoqlariga tizimli ravishda yetkazib berish borsida bir qator bitim va kelishuvlar imzolandi.

LeSilpo supermarketi boshqaruvchisi Galina Dreytning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekiston mahsulotlarini yetkazib berilishi bilan xaridorlar biologik harakteristikalari va mazasiga ko‘ra ko‘plab raqobatchilaridan ustun bo‘lgan ekologik toza yuqori sifatli mahsulot xarid qilishayotganini tushunib yetishgan. Oshib borayotgan talablar tufayli Ukrainaning bir qator kompaniyalari O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarining importini yo‘lga qo‘yishdi. Ukrainalik xaridorlarga endi serquyosh O‘zbekistonning nafaqat mazali va shirin uzum, qovun, xurmo va boshqa mevalari, shuningdek, konservalangan toshkentcha osh ham yetkazilmoqda, dedi tadbirkor.

Top