14:50 / 16.11.2017
11188

Zimbabve prezidenti iste'foga chiqishdan bosh tortmoqda

Foto: Reuters

Zimbabve prezidenti Robert Mugabe harbiylar bilan muzokaralarda iste'foga chiqishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Reuters agentligi mamlakat xavfsizlik kuchlaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Mugabe hukmron partiya yetakchiligi uchun saylov o‘tkazishni va unda o‘zi ham qatnashishini talab qilmoqda. Prezidentning aytishicha, u partiya yetakchiligi uchun saylovda mag‘lub bo‘lsagina, davlat rahbari lavozimini tark etadi. 

Mamlakat vitse-prezidenti va maxsus xizmatlarning sobiq rahbari Emmerson Mnangagva so‘nggi bir yil mobaynida maxfiy ravishda harbiylar va muxolifat bilan muzokaralar olib borib, Mugabe hokimiyatdan chetlatilsa, Zimbabvedagi siyosiy hokimiyat qanday ko‘rinish olishini muhokama qilgan. Zimbabve razvedkasi ma'lumotlari shundan dalolat qilmoqda. 

Shu bilan bir vaqtda, 15 noyabr kuni kechqurun mamlakat poytaxtiga muxolifat yetakchisi Morgan Tsvangirai qaytgan. U saraton xastaligidan davolanish uchun xorijda davolanayotgan edi. Uning Zimbabvega kelishi mamlakatda Mugabedan keyingi hokimiyatga tayyorgarlik ketayotganini taxmin qilishga asos bo‘ladi. 

Mavzu
Zimbabveda davlat to‘ntarishi
14 noyabr kuni Zimbabveda harbiylar mamlakat poytaxtiga kirdi. 15 noyabr kuni mamlakatga 37 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Robert Mugabe va oilasi qo‘lga olindi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top