11:31 / 17.11.2017
9614

12 ming dollar talab qilgan tovlamachi ushlandi

2017 yilning 10 noyabr kuni fuqaro A. Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilib, “Bekzod” ismli shaxs joriy yilning avgust oyidan buyon unga qo‘ng‘iroq qilib, turmushga chiqayotgan qizini sharmanda qiluvchi uydirmalar bilan to‘yini buzishini aytgan. Tovlamachi bu sirni saqlash evaziga 12000 AQSh dollarini talab qilayotganligini ma'lum qilgan. 
  
Fuqaro A.ning murojaatiga asosan Toshkent ShIIBB Jinoyat qidiruv Boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-tadbir amalga oshirilib, Rahimov Bekzod Davirqulovich 2017 yilning 10 noyabr kuni Mirobod tumani 2-tor Katta Mirobod ko‘chasida A.dan 3000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik, ya'ni jabrlanuvchi va uning yaqin kishilari uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, o‘zgadan mulkni topshirishni talab qilish, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Rahimovga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Shu munosabat bilan Toshkent ShIIBB suratdagi shaxsning tovlamachiligidan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga yoki “102” qisqa raqami orqali murojaat qilishni so‘raydi. 

Top