14:40 / 17.11.2017
4090

14 yilda ilk marta. Moody's Hindiston reytingini oshirdi

Foto: AFP

Moody's xalqaro reyting agentligi Hindistonning suveren reytinglarini 2004 yildan beri ilk bora oshirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Hindiston agentlik reytingida investitsiya darajasining oxirgi pog‘onasi - «Baa3» dan «Baa2» ga ko‘tarilgan.

Moody's ekspertlarining tushuntirishicha, Hindiston reytinglari oshishi mamlakat hukumatining muvaffaqiyatli islohotlari va Hindistonda iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur'atlari bilan bog‘liqdir.

Top