07:04 / 17.11.2017
10791

AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni bo‘yicha ma'lumot berdi

Foto: Andrew Burton / Reuters

AQShning Afg‘onistondagi harbiylari soni ayni vaqtda taxminan 14 ming kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda 16 noyabrda AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi vakili general Kennet Makkenzi brifingda ma'lum qildi.

“Afg‘onistondagi harbiylarimiz soni taxminan 11 mingni tashkil qilgandi. Biz yaqinda u yerga qo‘shimcha kuchlarni tashlashni yakunladik, endi Afg‘oniston uchun yangi raqam taxminan 14 mingni tashkil qilmoqda. Balki biroz ko‘proq yoki kamroqdir”, deb aytdi Makkenzi.   

Makkenzi, shuningdek, Suriyada 503, Iroqda esa 5262 nafar amerikalik harbiy borligini tasdiqladi. Afg‘onistondagi vaziyatni normallashtirish strategiyasiga muvofiq, Afg‘onistondagi mavjud qo‘shinlar 3 ming harbiy bilan to‘ldirilishi kerak edi.   

AQSh Afg‘onistondagi harbiy operatsiyani u yerda qo‘nim topgan, 2001 yil Nyu-York va Vashingtondagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan “Al-Qoida” terrorchilik guruhini yo‘q qilish maqsadida 2001 yil oktabrda boshlagan.

Mavzuga oid
Top