08:23 / 17.11.2017
5347

AQShdagi neft quvuridan avariya sababli 800 ming litr neft oqib ketdi

Foto: Reuters

AQShda Kanadaning TransCanada kompaniyasining Keystone neft quvuridan avariya sababli 795 ming litr neft tashqariga oqib ketdi. Bu haqda 16 noyabrda kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda CBC telekanali ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, avariya 16 noyabrda Janubiy Dakota shtatidagi Marshall okrugida yuz bergan. Avariya tufayli neft quvurining Kanadadagi Xardisti shahridan AQShning Kashing va Patoka shaharlarigacha bo‘lgan qismi yopib qo‘yilgan. Ta'kidlanishicha, avariya oqibatlari bartaraf etilgungacha bu qism yopiq bo‘ladi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Keystone neft quvuri orqali Kanadaning Alberta viloyatidagi va Meksika ko‘rfazidagi sohillardan olinadigan neft AQShning Nebraska, Illinoys, Oklaxoma va Texas shtatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga yetkaziladi.

Top