15:05 / 17.11.2017
5662

Angliya va Uelsning ilk geografik atlasi 140 ming dollarga sotildi

Foto: TLE

Tarixdagi ilk Angliya va Uels  geografik atlasning 1579 yilgi noyob nusxasi Londondagi Bonhams kimoshdi savdosida rekord narxga - 106,25 ming funt sterlingga (deyarli 140 ming dollarga) sotildi. Bu haqida London savdo uyida xabar berildi.

"Angliya kartografi" hisoblangan yorkshirlik tadqiqotchi Kristofer Sekston 1570-yillarda yetti yil davomida Angliya va Uels bo‘ylab sayohat qilgan. U tomonidan tuzilgan xaritalar 1574-1578 yillar oralig‘ida chop etilgan. Bu xaritalar bir yildan keyin nashrdan chiqqan atlasga kiritilgan. 

1590 yilgi nusxaning dastlabki narxi 50-70 ming funt sterling (65,8-92 ming dollar)ni tashkil qiladi.

Bonhams'ning kitoblar va qo‘lyozmalar bo‘limi rahbari Mettyu Xeylining so‘zlariga ko‘ra, birinchi bunday atlas "haqiqiy yangilik"ka aylangan. Boz ustiga, nashr muqovasida Angliyaning 1558-1603 yillardagi qirolichasi, Tyudorlar sulolasining so‘nggi vakili Yelizaveta I'ning noodatiy portreti tushirilgan, qo‘shimcha qiladi Xeyli.

"Atlas deyarli 425 yil avval nashrdan chiqqan bo‘lib, o‘shandan buyon ba'zi aholi punktlari yo‘qolib ketgan, boshqalari esa shaharlarga aylangan", - dedi auksionerlar vakili.

Top