10:49 / 17.11.2017
14908

Atamboyev Qirg‘iziston prezidenti sifatida so‘nggi safarga jo‘nab ketdi

Foto: RIA "Novosti"

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Rossiyaga o‘zining bu lavozimdagi so‘nggi tashrifini amalga oshiradi. U RFda VI Sankt-Peterburg xalqaro madaniy forumi ochilish marosimida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Ta'kidlanishicha, Atamboyev Rossiyaga RF prezidenti Vladimir Putinning taklifiga ko‘ra jo‘nab ketgan.

Qirg‘iziston prezidenti tashrif davomida forumning ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, Putin bilan uchrashadi.

Bu Atamboyev uchun Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga eng so‘nggi safarga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Qirg‘izistonda mamlakatning yangi rahbari Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.

Top