14:50 / 17.11.2017
10611

Ibrahimovich qaytmoqchi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich, Shvetsiya terma jamoasi bilan Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga kelishi mumkin.

A Bola xabariga ko‘ra, futbolchi milliy terma jamoa safiga qaytish haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Ayni paytda, 36 yoshli Ibrahimovich og‘ir jarohatidan tiklanish jarayonini yakunlayapti va dekabr oyida maydonga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Zlatan Shvetsiya terma jamoasi safida 2001-2016 yillar davomida to‘p surgan va 116 o‘yinda 62ta gol urgan.

Mavzuga oid
Top