09:52 / 17.11.2017
14255

Og‘ir ahvolda qolayotgan Shumaxerning Ferrari’si 7,5 mln. dollarga sotildi

Foto: © AP / Silvia Izquierdo

«Formula-1»ning ko‘p karra chempioni Mixael Shumaxerning poyga bolidi Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 7,5 million dollarga sotilib, ushbu toifadagi avtomobillar uchun rekord narxni o‘rnatdi.

«Kamarlarni taqing! Mixael Shumaxer Monako Gran-prisida g‘alaba qozongan Ferrari poyga bolidi narxi estimeytdan (4-5 million) o‘tdi va 7,5 million dollarga sotilmoqda», - deya xabar berdi «kim oshdi» savdo uyi.

Sotheby's’dan ta'kidlashlaricha, avtomobil savdolarga ilk marotaba zamonaviy san'at asari sifatida qo‘yildi hamda bunday qaror o‘zini oqladi.

Auktsiondagi boshqa lotlar orasida britaniyalik rassom Frensis Bekonning «Jorj Dayyerning uch etyudi» triptixi 38,6 million dollarga sotildi.

XXR asoschisi va yetakchisi bo‘lgan Mao Tszedunning mashhur ijodkor Endi Uorhol tomonidan yaratilgan portreti esa 32,4 million dollar evaziga o‘z xaridorini topdi.

 

Top