10:20 / 17.11.2017
42745

Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumaniga bormoqda

Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida bo‘ladi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, ayni vaqtda tumanda prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilgan, ba'zi yo‘llarda avtomobillar harakati cheklangan.

Prezident tashrif davomida tumandagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechiradi, yangi qurilayotgan uy-joylar va boshqa obektlar bilan tanishadi.

Shuningdek, prezident tumandagi maktabgacha ta'lim, tibbiyot, moliya muassasalari, militsiya tayanch punkti, suv havzasini borib ko‘rishi kutilmoqda.

Top