09:29 / 17.11.2017
9903

Toshkentda yosh talonchilar qo‘lga olindi

2017 yilning 11 noyabr kuni taxminan soat 22:00larda, O.X. va A.A. o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yonida fuqaro T.I.ning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uning yonidagi bahosi 300 AQSh dollari bo‘lgan "IPhone-6" uyali telefoni, bahosi 200 AQSh dollari bo‘lgan kurtkasi hamda 150.000 so‘m pullarini egallab olganlar. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari (talonchilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.  

 

Top