11:26 / 17.11.2017
7615
Reklama

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB yoshlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi.

Ushbu sohada davlat organlari tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek, hozirda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ham yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish bo‘lib hisoblanadi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan haftaning har payshanba kunlari profilaktika kuni deb e'lon qilinishi munosabati bilan barcha davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, idora va tashkilot, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan  Respublikamizning barcha hududlarida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi Yetakchilar kengashi tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari va Bankning yosh xodimlari ishtirokida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirok etdi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Davra suhbatida jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga chek qo‘yilib, fuqarolar huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topdirish lozimligi, kimdaki ushbu illatga moyillik bo‘lsa, bu haqda tegishli tashkilotlarni ogohlantirish lozimligi haqida gapirib o‘tildi.

Shundan so‘ng, ushbu illatga qarshi kurashish lozimligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari videolavhalar orqali amaliyotdan misollar keltirilgan holda o‘tkazilishi davra suhbatini yanada ta'sirchanligini oshirib, xodimlarni o‘z xizmat vazifasiga mas'uliyat bilan yondashishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top