08:00 / 18.11.2017
11609

AQSh Afg‘oniston, Iroq va boshqa joylardagi operatsiyalarga qancha mablag‘ sarflagani ma'lum qilindi

© AP Photo/Hoshang Hashimi

2001 yilda AQShning Afg‘onistonda boshlagan operatsiyasi Vashingtonga 679,8 mlrd dollarga aylangan. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining bosh inspektori vazifasini bajaruvchi Glenn Fayn ma'lum qildi.

“AQSh kongressi tomondan tasdiqlangan, 2018 moliyaviy yil uchun AQSh mudofaa vazirligi byudjyetida harbiy operatsiyalarga 64,6 mlrd dollar, jumladan Afg‘onistondagi operatsiyaga 45,9 mlrd dollar ajratilgan”, deb aytgan Fayn.  

Faynning ta'kidlashicha, 2001 yildan boshlab to hozirgacha AQSh hukumati umumiy holda Afg‘oniston, Iroq va boshqa joylardagi harbiy operatsiyalarga 1,6 trln dollar ajratgan.

Hozirda AQShning Afg‘onistondagi harbiy kontingenti 14 ming harbiyni tashkil qilmoqda. Ularga boshqa davlatlarning 7 ming harbiysi ko‘mak ko‘rsatmoqda. Afg‘onistonda 16 yil ichida 2,35 ming amerikalik harbiy halok bo‘lgan, 20 mingdan ko‘prog‘i jarohat olgan.

Top