09:11 / 18.11.2017
35225

Hammasi tayyor. AQSh KXDR bo‘yicha reja ishlab chiqdi

Foto: KCNA/Kugeuky

Oq uy KXDR AQSh hududiga zarba beradigan bo‘lsa, bu holat uchun ikkita tajribaviy strategiya o‘ylab qo‘ygan. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Birinchisi KXDR ballistik raketalarini uchirish tizimlariga kiberhujumlar uyushtirish va uchirishga xalaqit beruvchi «sabotajning boshqa usullarini» nazarda tutadi.

Ikkinchi strategiya esa raketalar «tezlashish fazasiga» chiqqanida ularni bevosita urib tushirishni taklif qiladi. Gazetaning ta'kidlashicha, ballistik raketalar uchirilganidan so‘ng payqalishi ancha osondir hamda yengil nishonga aylanadi. Ularni urib tushirish uchun esa, AQSh prezidenti ma'muriyati qiruvchilar va uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanishni taklif etmoqda. 

Biroq, agarda ular berilgan topshiriqni bajara olishmasa, tutuvchi-raketa eng so‘nggi umidga aylanadi.

Oq uy bu tajribaviy strategiyalarni amalga oshirish uchun kongressdan 4 mlrd. dollar so‘radi. Shu bilan birga, kongress avvalroq Raketalarga qarshi mudofaa agentligiga 8 mlrd. dollar ajratib bergandi.

 

Mavzuga oid
Top