09:03 / 18.11.2017
5967

Argentina prezidenti vertolyoti dala o‘rtasida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: RIA «Novosti»

17 noyabrda Argentinadagi yomon ob-havo sharoiti mamlakat prezidenti Maurisio Makri va uning oila a'zolari bo‘lgan vertolyotning favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Telam axborot agentligi xabar bermoqda.

Makri oilasi bilan Mar-del-Platadan Chapadmalal aholi punktidagi qarorgohiga dam olish kunlarini o‘tkazgani yo‘nalayotgan bo‘lgan. 

Aeroportgacha 10 daqiqalik yo‘l qolganda uchuvchilar momaqaldiroq va kuchli shamol tufayli dalaga shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘lganlar. Makri va uning oilasi ortidan darhol kortej yuborilgan va ular belgilangan manzilga mashinada yetib olishgan.

Argentina harbiy-dengiz kuchlariga tegishli suv osti kemasi yo‘qolib qolgani ma'lum bo‘lgandan keyin Makri safarini bekor qilmaslikka va vaziyat ortidan Chapadmalaldan kuzatishga qaror qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Amerika sohillari yaqinida Argentina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli “San-Xuan” suv osti kemasi yo‘qolib qoldi. Ta'kidlanishicha, ekipaji 44 kishidan iborat suv osti kemasi 15 noyabrdan beri aloqaga chiqmayapti.

 

Mavzuga oid
Top