11:40 / 18.11.2017
10865

Argentinaning ichida 44 kishi bo‘lgan suv osti kemasi yo‘qoldi. Boshqa davlatlar uni qidirishda yordam bermoqda

Buyuk Britaniya va AQSh Argentina harbiy-dengiz flotiga 3 kundan buyon bedarak ketgan «San-Xuan» suv osti kemasini qidirishda yordam bermoqda. Bu haqda Argentina TIV ma'lumot berdi.

Suv osti kemasi bortida ekipajning 44 nafar a'zosi bor edi.

«Chili, AQSh va Buyuk Britaniya logistik yordam taklif qildi. Bu davlatlar biz bilan gumanitar qidiruv bo‘yicha ma'lumotlar almashib boradi», deyilgan TIV bayonotida.

Suv osti kemasi 15 noyabrda Ushuayidan Mar-del-Platu tomon suzayotganda g‘oyib bo‘lgan. Ayni vaqtda HDK samolyotlari va kemalari suv osti kemasi oxirgi marta qayd qilingan hududda qidiruv ishlari olib bormoqda.

Clarín nashri ma'lumotlariga ko‘ra, kemada yong‘in yoki biror texnik nosozlik sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

«San-Xuan» Germaniyada qurilgan. Argentina HDK tarkibiga 1985 yilda kiritilgan. Kema uzunligi 66 metrni tashkil qiladi va soatiga 46 km tezlik bilan harakatlana oladi. Bu turdagi kema suv sirtiga chiqmagan holda suv ostida ikki kungacha qola olishi mumkin. 

Mavzuga oid
Top