12:30 / 18.11.2017
19539

Qizlarni fohishalikka jalb qilish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi “X.L.A.” uyushgan jinoiy guruh a'zolarining ko‘magi bilan Qozog‘istonga chiqqan. So‘ng Dubay shahridagi “Royal Gardens Tourism” firmasi orqali unga turistik viza rasmiylashtirilgan va u Birlashgan Arab Amirliklariga borib, fohishalik bilan shug‘ullangan.

Aniqlanishicha, mazkur firma 1981 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Toshov Sh.M. bilan kelishilgan holda o‘zbekistonlik qizlarni jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilish bilan shug‘ullangan. Fuqarolar O‘zbekistondan Qozog‘istonga aylanma yo‘llar bilan olib chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan tergov-surishtiruv jarayonlari natijasida uyushgan jinoiy guruh a'zolari javobgarlikka tortildi.

 

Top