16:50 / 18.11.2017
12934

«Malla shahzoda» haqida 25 iqtibos. Messidan tortib Pelegacha.

Foto: zimbio.com

17 noyabr kuni nolinchi yillarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo‘lgan Pol Skoulz 43 yoshni qarshiladi.  E'tiboringizga, futbol olamidagi uning jamoadoshlari, raqiblari va murabbiylarning u haqidagi fikrlarini havola qilamiz.

Xabi ALONSO: Ispaniyalik muxlislar uni juda yuqori baholaydilar, men uchun esa u haqiqiy namuna. U so‘nggi 15-20 yilda men ko‘rgan eng yaxshi yarim himoyachidir.

Dimitar BeRBATOV: Dunyoda hech kim Pol Skoulzning harakatlarini takrorlay olmaydi. U maydonning istalgan nuqtasiga aniq pas oshira oladi va o‘yinni ham nazorat qiladi.

Jorj BeST: Bu bola o‘ynashni bilar ekan.

Loran BLAN: Mendan kim so‘rasa aytaman: «Skoulz - eng yaxshi ingliz futbolchisi». Men «Manchester Yunayted»da uning nimalarga qodirligini ko‘rganman va faqat hayron qolganman.

Edgar DAVIDS: Biz hammamiz xuddi Skoulz kabi mukammal futbolchi bo‘lishni orzu qilamiz xolos.

Sesk FABReGAS: U men intiladigan darajadagi futbolchi, Premer Liganing eng yaxshi o‘yinchisi.

Aleks FeRGYuSON: Men qayerga borsam, Skoulzning o‘yinidan hayratlanishlarini yashirishmaydi. Ammo agar uni qo‘lga kiritishni ham o‘ylashsa, bekorga vaqt yo‘qotishlarini bilishlari kerak. U bu yerda barcha bosqichlarni bosib o‘tgan buyuk o‘yinchilardan biridir.

Luish FIGU: Men doim Skoulzni kuzatganimda, uni to‘xtatib bo‘lmasligini his qilaman. Maydonda uni ushlab bo‘lmaydi, maydon tashqarisida esa, umuman ko‘rmaysiz.

Xosep GVARDIOLA: U o‘z davrining eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lib qolaveradi. Men u bilan birga o‘ynashni juda istagandim.

Eydur GUDONSeN: U men bilgan eng mukammal futbolchilardan biri. Har doim uning qarshisida qolganimda, unga tenglasha olmasligimni his qilib turardim.

Teri ANRI: Men nega Skoulzning hali ham «Eng yaxshi o‘yinchi» bo‘lmaganiga tushunmayman. Allaqachon uni e'tirof etishlari kerak edi. Balki boshqa yulduzlar kabi, hammani o‘ziga qaratishni istamagani uchun shundaydir.

Jordan HeNDeRSON: Skoulzning futbolni tark etganini eshitish og‘ir bo‘lgan. Premer Ligadagi eng zo‘r yarim himoyachilardan biri. Mening butun davrlardagi kumirim. Afsona!

Marchello LIPPI: Menga eng kuchli jamoa qurish imkoniyatini berishsa, Pol Skoulz men birinchi bo‘lib chaqiradigan futbolchilardan biri bo‘lardi.

Diyego MARADONA: Uning texnikasi o‘ziga xosdir.

Leo MeSSI: La Masiyadagi darslarda uning ismini juda ko‘p tilga olishadi. U - Ustoz. 

Joze MOURINO: Nega u Angliya terma jamoasida endi o‘ynamayapti? Bu tentaklik. To‘g‘ri, uning yoshi katta, ammo hozir ham u Angliyaning eng yaxshi futbolchilaridan biriku? Menimcha, Skoulzning borligi «Yunayted»ning eng katta omadlaridan biridir.

PeLe: Agar Skoulz men bilan birga o‘ynaganda, gollarim soni ancha ko‘proq bo‘lardi.

RONALDINO: Men ham u kabi to‘p uzatishlarni amalga oshirishni istayman. Kim unga buni o‘rgatgan ekan-a?

Krishtianu RONALDU: Skoulz men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchidir. Yoshlik yillarimda uning menga yordami juda ko‘p tekkan. 

Maykl OUEN: Dunyoda hech kim uzoq masofaga u kabi to‘p oshira olmaydi. Uning mashg‘ulotlarini har kuni tomosha qilish menga zavq bag‘ishlardi. Buyuk futbolchi. 

Robbi SEVIJ:  Afsona so‘zini ishlatishda ko‘pincha oshirib yuborishadi. Ammo Skoulz - afsona. Nuqta.

Andrey SheVCheNKO: Ularning tarkibida ikki nafar dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bor. Ammo meni ko‘proq Pol Skoulz hayron qoldiladi. U «Yunayted»ning eng muhim o‘yinchisidir.

Patrik VIYeYRA: Meni eng ko‘p hayratlantiradigan Premer Liga yulduzi? Bu oson savol, Pol Skoulz.

XAVI: So‘nggi 15-20 yilda men ko‘rgan eng yaxshi markaziy yarim himoyachi - Pol Skoulz. Bu haqida biz Alonso bilan ko‘p gaplashardik. Skoulz gol uchun pas ham qila oladi, jismonan kuchli, to‘pni undan olib qo‘yish qiyin. Menimcha, agar u ispaniyalik bo‘lganida, uni ko‘proq qadrlashgan bo‘lardi.

Zaynidin ZIDAN: Eng noqulay raqib? «Manchester»dagi Skoulz. U mukammal yarim himoyachi. Mukammal futbolchini uchratish oson emas, ammo Skoulz bu tarifga eng yaqin futbolchilardan biridir. 

Fil NeVILL: Men Polni Angliya terma jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi deb bilaman. U jamoaviy futbolchi. Boshqa jamoalardagi har qanday futbolchidan so‘rang, u terma jamoamizda Polni alohida ajratib ko‘rsatadi. Menimcha, u yetarlicha qadr topmayapti, aslini olganda, Skoulz Zidan va Figu bilan bir qatorda turishi kerak bo‘lgan yarim himoyachidir.

Mavzuga oid
Top