19:20 / 18.11.2017
7962

Shimoliy London «Arsenal»niki. Derbida «qizillar» ustun keldi

Angliya Premer Ligasining 12-turida «Arsenal» «Tottenhem» bilan o‘ynadi. Londondagi «Emireyts» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 36-daqiqasida Mustafi jarima zarbasidan keyin boshi bilan to‘pni Loris qo‘riqlayotgan darvoza to‘riga joyladi, bo‘lim yakunlanishi arafasida Sanches ikkinchi golni urdi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi ham Arsen Venger shogirdlarining to‘la ustunligida o‘tdi va g‘alaba saqlab qolindi.

Endilikda «Arsenal» hisobidagi ochkolari sonini 21taga yetkazdi va beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Tottenhem» esa 22 ochkosi bilan hozircha uchinchi o‘rinda.

Angliya Premer ligasi
12-tur

Arsenal – Tottenhem 2:0

Gollar: 1:0 – 36 Mustafi, 2:0 – 41 Sanches.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Kolashinats, Koselni, O‘zil (Ivobi, 85), Remzi, Sanches, Chaka, Bellerin, Lyakazett (Koklen, 73).
Tottenhem – Loris, Vertongen, Devis, Tripper, Sanches, Eriksen, Dayyer, Alli (Son Xin Min, 75), Sissoko, Dembele (Uinks, 62), Keyn (Lorente, 75).
Ogohlantirishlar: Chaka (32), Sanches (38), Mustafi (48), Keyn (50), Monreal (73).

Top