12:40 / 18.11.2017
15431

«Toliblar bosh tortmoqda»: Pentagon bayonot berdi

Afg‘onistonda toliblar hamon mamlakat hukumati bilan muzokara olib borishdan bosh tortmoqda. Bu haqda Pentagonning bosh inspektori vazifasini bajaruvchi Glenn Fayn hisobotida aytiladi.

"Afg‘on tinch jarayonida olg‘a siljish deyarli yo‘q, - deya ko‘rsatgan u. – “Tolibon” harakati tinchlik bo‘yicha muzokaralarga kirishish bo‘yicha taklifga rad javobini berishda davom etmoqda. Davlat departamenti “Tolibon”ni muzokaralar stoliga o‘tirishga undamoqda. Davlat departamenti rasmiy vakillari so‘zlariga ko‘ra, ular Afg‘oniston bo‘yicha “6+1” guruhi shaklida uchrashuv o‘tkazishga harakat qilishmoqda. Bu ushbu davlatda tinch jarayonni ishga tushirish uchun kerakli bo‘lgan qadamlarni muvofiqlashtirishga lozim".

"Guruh o‘z ichiga AQSh, Pokiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Eron va Afg‘onistonni qamrab oladi", - deya aniqlik kiritdi Fayn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda sentabr oyi oxirida “Tolibon”ning 25 dan 35 mingga qadar bo‘lgan jangarilari janglarda qatnashgan hamda hukumat mamlakatning faqatgina 57 foiz tumanlarini to‘liq nazorat qilgan”.

Top