09:02 / 18.11.2017
7731

Toshkentda “Lasetti”ni olib qochgan shaxs ushlandi

2017 yil 4 noyabrdan 5 noyabrga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan uyning yonida, fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligi, shuningdek uning kaliti o‘t oldirish joyida bo‘lganligidan foydalanib, uni olib qochgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza mavzesi hududida topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni, Sh.Abdumo‘minov sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top