00:47 / 18.11.2017
31169

JCh-2018. Eng qimmat tarkibga ega terma jamoa aniqlandi

Futbolchilarning transfer narxi bilan shug‘ullanadigan Transfermakrt internet-portali 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar orasida eng qimmat tarkibga ega jamoani aniqladi. 

Ro‘yxatga ko‘ra, o‘yinchilarining transfer narxi 671,5 mln bo‘lgan Braziliya terma jamoasi eng qimmat tarkib deb topildi. Undan keyingi o‘rinlarni Ispaniya (643,5), Germaniya (636,5) va Fransiya (636,5) terma jamoalari egallagan. 

Eng arzon tarkibga ega terma jamoa esa Panama (5,25) deb topildi. 

Manba: Transfermakrt
Mavzuga oid
Top