08:30 / 19.11.2017
33366

Daraxtdagi sirli mavjudot ko‘pni ko‘rgan biologni ham esankiratib qo‘ydi (video)

Internetda paydo bo‘lgan, bosh qahramoni sirli mavjudot bo‘lgan videorolik asabi nozik tomoshabinlarni qo‘rqitib yuborishi mumkin.

Biolog Aaron Pomerants Peruda daraxtda bir necha o‘nlab paypaslagichlarga ega bo‘lgan g‘ayritabiiy ko‘rinishdagi bu mavjudotni ko‘rib, bu yerda gap bir yaxlit organizm haqida emas, balki bir necha o‘nlab jonzotlar haqida ketayotganini angladi.

Ta'kidlanishicha, aslida bu jonzotlar arralovchi nomli hasharotning beozor qurtlari bo‘lgan. Ular birorta tirik jonzotga ziyon yetkaza olmaydilar va juda hurkak bo‘lganlari cababli g‘ujunak bo‘lib olib, ehtimoliy raqiblariga qo‘rquv solishning shunday antiqa yo‘lini topishgan. 

Xavf paydo bo‘lganda barcha qurtlar go‘yoki bir yaxlit organizmdek harakat qiladilar. Jumladan, Aaron ular oldida qo‘lini silkitmoqchi yoki daraxtga chertmoqchi bo‘lganda, kichik jonzotlar o‘zlarini shunday tutdilarki, hattoki ko‘pni ko‘rgan biolog ham bu holatdan biroz esankirab, bir cho‘chib tushgan.  

Ushbu rolik tomoshabinlarda ikki xil munosabat uyg‘otdi: ba'zilar tabiatning “donoligiga” yana bir bor iqror bo‘lishgan bo‘lsa, qolganlar qo‘rquv va jirkanish his qilganlar.

Top