11:30 / 19.11.2017
20503

«Real» Zidan boshchiligida shu paytgacha qayd etmagan natijaga yo‘liqdi

Foto: eurosport

Ispaniya La-ligasining «Atletiko» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Uchrashuv Madridda yangi qad rostlagan «Vanda Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tdi. 

Opta Sports statistika markazi bergan xabarga ko‘ra, «Real» Zinedin Zidan boshchiligida birinchi marta (35 o‘yin) Ispaniya chempionati doirasidagi mehmonda kechgan uchrashuvda gol kiritishning uddasidan chiqa olmadi. 

Shuningdek, Madrid derbisida 2005 yildan buyon, «Atletiko» stadionida esa 1993 yilning oktabrdan buyon ilk marta nursiz durangga imzo chekildi.

Mavzuga oid
Top