15:26 / 20.11.2017
6329

Bo‘stonliqda qo‘y o‘g‘rilari ushlandi

Foto: Fotolia

Bo‘stonliq tuman IIBga 1980 yilda tug‘ilgan Malik Maratov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 17 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, atrofi sim bilan o‘ralgan holdagi qo‘rasi ichida boqib kelayotgan qo‘ylari orasidan narxi taxminan 3.5 million so‘m bo‘lgan besh bosh qo‘ylarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan Manzur Alibekov va 1993 yilda tug‘ilgan Sherbek G‘ozibekovlar sodir etganligi aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top