20:00 / 20.11.2017
10950

Monakoda millionerlarga joy yetmay qoldi

Knight Frank kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Monakoda yashovchi millionerlar soni yaqin o‘n yillikda 20 foizga yoki 2,7 ming kishiga oshadi. Hozirning o‘zidayoq ushbu knyazlikda millionerlar aholining 20 foizini tashkil qilmoqda. Aholi o‘sishi Monakoda yangi ko‘chmas mulkni qurishga joy yo‘qligiga olib kelmoqda. Shu sababli knyazlik hukumati sohilbo‘yi hududlarini quritish ishlarini olib bormoqda, bu esa uning maydonini yana 6 gektarga oshirishi kerak.   

Ko‘chmas-mulk sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi Knight Frank prognoziga ko‘ra, Monakoda yashovchi millionerlar soni jadal ko‘paymoqda. 2016 yilda ular 13,4 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2026 yilgacha 16,1 ming kishini tashkil qilishi prognoz qilinmoqda. Ulardan 1,45 ming nafari 30 mln dollardan ko‘proq boylikka ega bo‘lganlarni tashkil qiladi. 

Monako statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda mamlakatda birorta yangi uy qurilmagan. Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrni, aholisi esa 37,8 ming kishini tashkil qiladi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, Monakodagi ko‘chmas mulk dunyodagi eng qimmatbahosi hisoblanadi. Joriy yilning 2-choragida bu yerda 1 kvadrat metr turar joy 53 ming yevroni tashkil qilgan, ba'zi nufuzli mavzelarda esa 100 ming yevrogacha borgan. Monako hukumati sohilbo‘yi hududlarini quritish bilan faol shug‘ullanadi. Shu yo‘l bilan 1970-yillarda Fonvey mavzesi vujudga kelgan. Hozirda yana bir hudud tashkil qilinmoqda, bu yerda Le-Porte tumani paydo bo‘ladi. Bu loyihaning qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu hududdda 120 ta uy qurish mo‘ljallangan. Ulardagi 1 kvadrat metr joy 100 ming dollardan oshishi aytilmoqda.

Kompaniya xodimi Edvard de Malle Morganning aytishicha, Monakoda izlagan uylarini topolmagan xaridorlardan ba'zilari ijaraga uy olib, ko‘ngillaridek uy chiqishini kutadilar. Qolganlar esa Monakoda kichikroq uy va qo‘shimchasiga qo‘shni Fransiyadan kattaroq uy va yaxta sotib oladilar.

Top