Pokistonning Xayrpur shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Geo TV mahalliy telekanali.
Xabarlarga qaraganda, ko‘mir ortilgan yuk mashinasi haydovchisi ichida odamlar bo‘lgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada fura avtobusni bosib qolgan.
Shuningdek kamida besh kishi jabrlangani aytilmoqda, ular shifoxonaga olib ketilgan.