08:10 / 20.11.2017
102935

Ramzon Qodirov o‘zbekistonlik sportchiga mashina sovg‘a qildi

O‘zbekistonlik sportchi, aralash yakkakurash jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Checheniston prezidenti Ramzon Qodirovdan sovg‘aga mashina oldi.

Chechenistonning “Ahmat” sport klubi nomidan ishtirok etuvchi Ro‘ziboyev 18 noyabrda Grozniydagi musobaqada ringga ko‘tarilib, qozog‘istonlik Amxad Janchurayev bilan bellashdi.

Jang bor-yo‘g‘i 1,5 daqiqa davom etdi. O‘zbekistonlik jangchi 1-raundning o‘zidayoq o‘z raqibini nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi.    

G‘olibga Qodirov nomidan avtomobil kaliti topshirildi. E'tiborlisi, jang tashkilotchilari musobaqa tomoshabinlariga 18 noyabr O‘zbekistonda davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida nishonlanishini va shu munosabat bilan O‘zbekiston vakili Qodirov nomidan mashina bilan taqdirlanishini ma'lum qilishdi.

Yana bir qiziq jihat, Ro‘ziboyev va uning jamoasi musobaqalarda Qodirovning O‘zbekistonga tashrifi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birga tushgan surati bo‘lgan futbolkalarda bo‘lganlar.

Nursulton Ro‘ziboyev professional ringda 2014 yildan beri jang qilib keladi. Ro‘ziboyev bungacha 16 ta jang o‘tkazib, undan 12 tasida zafar quchgan, 4 tasida mag‘lubiyat alamini tortgan.

Top