11:25 / 20.11.2017
20767

Suratlar KXDRning suv osti ballistik raketa dasturi borligini isbotlamoqda

Shimoliy Koreya "o‘zining ilk ballistik raketali suv osti kemasini barpo qilish uchun tig‘iz ish jadvaliga rioya qilmoqda". 38 North veb-saytiga joylashtirilgan suratlar tahlili shunday deyishga asos bo‘lmoqda, deb yozmoqda BBC.

Suratlar Shimoliy Koreyaning bir necha yillardan beri suv osti qit'alararo ballistik raketalarni ishlab chiqishni rivojlantirayotganidan dalolatdir. 

Pxenyan allaqachon suv osti kemasining prototipi hamda raketani uchiradigan suv osti barjasiga ham egaligi yaqqol ko‘rinadi. Ammo yangi suratlarda KXDRning sharqiy sohillaridagi Sinpo bandargohidagi qurilish maydoni kengaytirilgani yana bir raketa tashuvchi suv osti kemasi barpo etilayotganidan darak beradi. 

Tasvirlarda 2 ta yirik aylana inshootlar ham ko‘zga tashlanadi. U suv osti kemasining bosim korpusiga o‘xshaydi. 

Sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlar 2017 yil mobaynida yirik qurilish maydoniga katta o‘lchamdagi butlovchi va ehtiyot qismlarning olib borilayotgani va u yerdan olib chiqilayotganini ko‘rsatadi, deyiladi 38 North saytida.

Mavzuga oid
Top