10:10 / 21.11.2017
26957

Eng ko‘p haq oluvchi ayol qo‘shiqchi ma'lum qilindi

Foto: ATRL

Forbes jurnali 2017 yil yakunlari bo‘yicha musiqa sohasida eng ko‘p haq oluvchi ayollar ro‘yxatini e'lon qildi.

Reytingda amerikalik xonanda Beyonse Noulz yetakchilik qilmoqda. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, u 105 mln. dollar ishlab topgan.

Ikkinchi o‘rinda 69 mln. dollar ishlab topgan Adel joylashdi. Kuchli uchlikni esa Teylor Svift 44 mln. dollar bilan yakunlab berdi.

Shuningdek, top-10dan Selin Dion, Jyennifer Lopez, Rianna, Britni Spirs, Dolli Parton, Barbara Streyzand va Ketti Perri ham joy oldi.

 

Top