Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar ittifoqi harbiy qismlarga kirib bordi. Endi tashkilot askarlarni o‘qishga tavsiya qiladi
17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosatiga oid yana bir qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lumot beradi.
Yangi imzolangan qarorga ko‘ra, har bir harbiy qismda yoshlar himoyachi — boshlang‘ich tashkilot yetakchisi saylanadi hamda harbiylar tashkilot tavsiyasi bilan uy-joy bilan ta'minlanadi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar Ittifoq tavsiyasi bilan oliy ta'lim muassasasiga imtihonsiz, grant asosida o‘qishga kiradi.
Ittifoq tavsiyasi bilan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari Qurolli kuchlar tizimidagi oliy ta'lim muassasasiga grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yoshlar ittifoqiga faollariga oliy ta'lim muassasalariga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi
18:15 / 08.11.2021
Yoshlar ittifoqi hududiy sektor yoshlari va rahbarlari ishtirokida kitobxonlik tanlovi o‘tkazadi
16:00 / 19.04.2021
Yoshlar ittifoqi rahbariyatida lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi
08:09 / 07.04.2021