14:15 / 21.11.2017
10287

Livan armiyasi qo‘mondoni «​Isroilning hujumiga tayyor turish​» haqida gapirmoqda​

Foto: Reuters

Livan Oliy harbiy qo‘mondoni Yusuf Aun «mamlakat janubiy chegarasida Isroil askarlarining hujumiga tayyor turish» kerakligini uqtirmoqda. U bu haqda seshanba kuni Twitter'dagi mikroblogi orqali ma'lumot qoldirgan

Mamlakat armiya Bosh qo‘mondoni qo‘l ostidagilarga «BMT tomonidan chiqarilgan 1701-son rezolyutsiya talablariga to‘la rioya etish»ni aytib, Isroil bilan chegarada askarlar sergak turishi lozimligini ta'kidlagan.

2006 yil «Hizbulloh» hamda Isroil harbiylari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvdan so‘ng, Livan armiyasi chegaradagi tinchlikni saqlashga javobgar etib tayinlangan.

Isroilning azaliy dushmani - «Hizbulloh» Suriyada hukumat tarafida kurashayotgan asosiy kuchlardan biri, Eron ko‘magida bo‘lgan shialar guruhi hisoblanadi.

Kuni kecha Qohira shahrida yig‘ilgan Arab davlatlari Ligasi Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ayni vaqtdan boshlab «Hizbulloh» shialar guruhiga terrorchilik guruhi sifatida qarashini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top