10:25 / 21.11.2017
17063

Tojikistonda «chiroyli» avtoraqamlar auksionga qo‘yildi

Foto: Jahonnamo.tj

Tojikiston davlat avtomobil inspeksiyasi auksion o‘tkazadi, unda "VV" — 07 hamda "YeM" — 01 seriyadagi raqamlar taqdim etiladi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Kim oshdi» savdo 25 noyabr kuni ertalab soat 10.00da bo‘lib o‘tadi, savdolarda ishtirok etish uchun murojaatlar tadbirdan uch kun avval qabul qilinadi. Lotning boshlang‘ich narxi 72 dollarni tashkil etadi.

Fuqarolar ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘zlari bilan pasport, STIR va transport vositasi uchun hujjatlarni olgan bo‘lishlari lozim, deb xabar qilmoqda tojik OAV.

«Chiroyli» raqamlar ro‘yxati Tojikiston IIV saytida e'lon qilingan.

Top