23:10 / 21.11.2017
24807

Tramp Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi?

Foto: Vesti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Tramp bugun bo‘lib o‘tgan o‘zaro telefon so‘zlashuvida Suriya, Eron, Afg‘oniston, KXDR va Ukrainani muhokama qilishgan, deb xabar bermoqda Blumberg agentligi Oq uyidagi lavozimdorlardan biriga asoslanib, deb yozadi RIA Novosti.

Agentlik hamsuhbatining so‘zlariga qaraganda, ikki barqudrat davlat rahbarlarining so‘zlashuvi bir soatga yaqin davom etgan.

Oq uy ham, Kreml ham so‘zlashuv tafsilotlari haqida rasmiy xabar tarqatgani yo‘q. Oq uyning milliy xavfsizlik Kengashidagilar TASS muxbiriga rasmiy tafsilotlar oddiy kanal orqali keyinroq tarqatilishini ma'lum qilishgan.

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov telefon so‘zlashuvi oldidan jurnalistlarga Putin amerikalik hamkasbi bilan Suriyadagi vaziyat va Shimoliy Koreya yadro muammosini muhokama qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

So‘nggi marta bu ikki davlat yetakchisi Vetnamdagi ATES sammiti maydonlarida muloqot qilishgan. O‘shanda prezidentlar uchrashuv yakuniga ko‘ra Suriya masalasi bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqish qilishgandi.

Top