14:45 / 21.11.2017
4681

Uber kompaniyasiga 8.9 mln dollar jarima solindi

Amerikaning taksi xizmat ko‘rsatuvchi Uber kompaniyasi haydovchilari tufayli yana bir bor jarimaga tortilmoqda.

AQShning Kolorado shtati kommunal xizmatlar ko‘rsatish komissiyasi Uber kompaniyasiga 8.9 mln dollar miqdorida jarima soldi. Bunga kompaniyaning talabga javob bermaydigan haydovchilarga ham taksichilik bilan shug‘ullanishga imkon bergani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Komissiya hisobotiga ko‘ra, ularning ayrimlari hech qanday haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, boshqalari soxta nomlardan foydalangan. 

Holatlarning birida haydovchilardan biri qidiruvda yurgan jinoyatchi ekani aniqlangan. 

Komissiya tomonidan taqdim etilgan bildirishnomada 57 Uber haydovchisi bilan bog‘liq qonun buzilishlari qayd etilgan. Shunga ko‘ra, Uber noqonuniy haydovchi ishlagan har bir kunga har biri uchun 2,500 dollardan jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

Top