18:10 / 21.11.2017
6213
Reklama

O‘zsanoatqurilishbank va Kommertsbank: 20 yillik hamkorlikning yangi darajasida

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

O‘zsanoatqurilishbankning Commerzbank AG bilan hamkorligi ko‘p yillik xarakterga ega bo‘lib, unga 1997 yilda asos solingan, o‘shanda «Sho‘rtan» TKK qurilishi Kommertsbank AG’ning 200,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Avvaliga 1999 yilda 25,0 mln. dollarlik kredit liniyalari Yevroittifoq davlatlari Eksport-kredit agentliklari sug‘urta qoplami ostiga Yevropa asbob-uskunasining xarid qilishni moliyalashtirish uchun jalb etildi, shuningdek, savdoni moliyalashtirish amaliyotlari uchun 10,0 mln. dollar miqdoridagi limit ajratildi.

Yil sayin ushbu hamkorlik ko‘lami kengayib bordi, natijada 2016 yilning oxiriga kelib kredit liniyasi miqdori 150 mln. yevroga qadar oshirildi.

Erishilgan banklararo kelishuvlar doirasida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi natijasida umumiy qiymati 28,2 mln. yevro bo‘lgan 15 ta loyiha moliyalashtirildi.

Foto: O‘zsanoatqurilishbank 

Bundan tashqari, Kommertsbank va Kredit Suis (Shveytsariya) banklari konsorsiumi bilan birgalikda «Navoiyazot» AJda azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi amalga oshirilmoqda, uning umumiy qiymati 115,6 mln. dollarni tashkil etadi.

 

Foto: O‘zsanoatqurilishbank 

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasining Germaniyaga 2017 yilning 14-16 noyabr kunlari tashrifi hamda Myunxen shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va GFR o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Kommertsbank bilan amaldagi kredit liniyasini 200 mln. yevroga qadar oshirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzolandi. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni ta'minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top