10:13 / 22.11.2017
4554

AQSh Iroq va Afg‘onistonda bolalar jang qilmaydi deb hisoblamoqda

Foto: AP

AQSh Davlat departamenti Iroq va Afg‘onistonning voyaga yetmagan shaxslarni jangovar harakatlarga jalb qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashlanishiga izoh berdi: idora rasmiy vakili Hezer Nauertning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror “texnik” hamda ko‘plab manbalardan olingan ma'lumot tahlili asosida qabul qilingan.

Avvalroq Reyter agentligi idora hujjatiga tayanib, AQSh davlat departamentining taxminan o‘n nafar xodimi davlat kotibi Reks Tillersonga ayblov bilan chiqqani, uni AQSh qonunini buzishda ayblashgani haqida xabar bergandi.

Diplomatlar ma'lumotiga ko‘ra, Tillersonning Iroq, Myanma va Afg‘onistonni yuqoridagi ro‘yxatdan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarori AQShning bolalarni harbiy xizmat qilishini istisno etuvchi federal qonuni buzilishidir.

Nauertning ta'kidlashicha, bu siyosiy emas, balki "texnik" qaror bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti davlatni ushbu ro‘yxatga kiritishdan avval turli manbalardan ma'lumotlarni ko‘rib chiqadi.

"AQSh hukumatida hech kimga bolalarni harbiy kuch sifatida qo‘llash g‘oyasi yoqmaydi", - dedi u. Nauertning aniqlik kiritishicha, Tillerson iyunda jangovar harakatlarga voyaga yetmagan shaxslarni jalb qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga sakkiz mamlakatni kiritish haqida qaror qabul qilgan, sababi AQSh "ular bolalarni askarlar sifatida ishlatayotganini bilgan".

"Ish Myanma, Iroq va Afg‘onistonga kelganida esa, davlat kotibi ularni ro‘yxatga kiritmaslik haqida qaror qabul qildi, sababi ko‘plab manbalardan olingan ishonchli ma'lumotni o‘rganib chiqdi. U barcha omillarni ko‘rib chiqdi, hamda bu davlatlarni ro‘yxatga kiritmaslik haqida qaror qabul qildi", - deya aytib o‘tdi u brifingda.

Top