18:00 / 22.11.2017
22860

«Halk, qiyratmoqda!»: Mark Ruffalo 50 yoshga to‘ldi

Amerikalik aktyor Mark Ruffalo professional ko‘nikmalari bo‘yicha tan olinib bo‘lingan. U o‘z faoliyatini 90-yillarda boshlab, o‘tgan chorak asr davomida uch marta «Oskar»ga («Bolalarda hammasi joyida», «Tulkilar ovchisi», «Diqqat markazida» filmlari uchun), ikki marotaba – «Oltin globus»ga da'vogarlik qildi, bitta «Emmi»ni («Oddiy yurak» telefilmi prodyuseri sifatida) hamda ko‘plab boshqa nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Hammasi bo‘lib uning hisobida oltmishdan ortiq kartina bor bo‘lib, eng mashhur roli esa – Marvel Comics nashriyoti komikslari asosida olingan filmlardagi Halk (va doktor Bryus Benner) obrazidir. Biroq 2008 yilgi «Favqulodda Halk» filmida bu rolni Edvard Norton ijro etgan bo‘lib, keyinchalik u studiya bilan mojaroga borgan. Ruffalo esa juda katta byujyetga ega bo‘lgan kinokomikslarni rad etmaydi, yaqinda esa u «Tor: Ragnaryok» kartinasida paydo bo‘ldi. Kelasi yili esa yangi «Qasoskorlar»da suratga tushadi. 22 noyabr kuni Mark Ruffalo 50 yoshga to‘ldi.

Halk rolini ijro etgan Mark Ruffalo
Riz Uizerspun va Mark Ruffalo. «Osmon va yer orasida» filmidan kadr (2005)
«La'natlanganlar oroli» filmidan kadr (2009)
«Bolalarda hammasi joyida» filmidan kadr (2010)
«Qasoskorlar» filmidan kadr (2012)
«Tulkilar ovchisi» filmidan kadr (2014)
«Diqqat markazida» filmidan kadr (2015)
Kris Hemsvort va Mark Ruffalo. «Tor: Ragnaryok» filmidan kadr (2017)
Xonanda Sher va aktyor Mark Ruffalo
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi Nyu-Yorkdagi mitingda, 2017 yil yanvar
Mavzuga oid
Top