Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor tumanidagi Xuantszyan-Maonan muxtor okrugida joylashgan Vey mis barabanlarni quyish zavodida dunyodagi eng yirik mis baraban yasaldi, deb xabar qilmoqda «Jenmin jibao» gazetasi.
Mis barabanning diametri 6.68 m, balandligi – 2.86 m, og‘irligi - 50 tonnani tashkil etadi. Shu tariqa u dunyodagi eng yirik barabanga aylandi. Yirik o‘lchamdagi musiqa asbobi san'at ustasi va hunarmand Vey Tsichu tomonidan ishlab chiqildi.
Asbob ustida 30 kishi 7 oy davomida ishlagan. Uni qurish ishlari esa 10 noyabr kuni yakunlandi.