18:39 / 22.11.2017
11826

Qozog‘istonda aviatsion bombalar temir-tersakka topshirib yuborildi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Taldiqo‘rg‘on shahridagi temir-tersak qabul qilish punkti politsiya tomondan qurshab olindi. Gap shundaki, temir-tersakka topshirilgan metall chiqindilar orasida aviatsion bombalar topilgan. Bu haqda ichki ishlar idoralari xabar berdi.  

“Viloyatning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tezkor xodimlariga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, Taldiqo‘rg‘ondagi rangli metallni qabul qilish punktlaridan biri tekshirildi. U yerda temir-tersaklar orasida 46 ta aviatsion bomba aniqlangan”, deyilgan xabarda.

Voqea joyiga chaqirilgan sapyorlar topilgan bombalar uchuvchilarni o‘qitishda qo‘llanishini aytishgan.

“Yaqin orada topilgan bombalar poligonga olib chiqilib, yo‘q qilinadi”, deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan.

Top