10:02 / 22.11.2017
7867

Napoleon tojini bezagan oltin barg auksiondan sotildi

Foto: The Guardian

Imperator Napoleon toji uchun maxsus yasalgan oltin dafna bargi Parijdagi auksionda 625 ming yevro evaziga sotildi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Avvaliga ushbu artefakt 100-150 ming yevroga sotilishi taxmin qilingandi.

Barg 1804 yildagi marosimdan avval tojdan olib qo‘yilgan, sababi Bonapart uni juda og‘ir deb hisoblagan. Imperator zargari Marten Giyom Benne u yerdan oltita shunday bargni qirqib olgan hamda o‘z qizlariga bergan. Sotilgan barg esa Benne oilasida shu vaqtga qadar avloddan avlodga o‘tib kelgan edi.

Top