08:00 / 22.11.2017
8077

O‘zbekiston va Koreya zargarlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulda zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasini tuzish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Shartnomani O‘zbekiston tarafidan «Fonon» davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasining Bosh direktori M.X.Ashurov va Koreya tarafidan «Hwachon Plant-Gemco» kompaniyasi direktori Chol Sik Sin imzoladi.

Yangi qo‘shma korxonaning boshlang‘ich jamg‘armasi 30 million AQSh dollari. Ikki tarafning ulushi 15 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Top